Узб Uzb Рус

Shaxsiy kabinet

Qo'llab-quvvatlash xizmati(+99871)202-2-202

Xosting

UZINFOCOM datamarkazi shu kabi komplekslarga qo'yiladigan barcha talablarga javob beradi: ma'lumotlarni saqlash va ularning yaxlitligini ta'minlash, ma'lumotlarni saqlashni zahiralash, 24 soat davomida doimiy texnik xizmat ko'rsatish.

Co-location

Co-location — Bu ikki xil turdagi server qurilmasini (Tower va Rack) Ma’lumotlar markazida joylashtirish, internetga ulash va uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlovchi xizmat turidir.

VPS

VPS- veb-hosting xizmati va server o’rtasidagi o’zaro kelishuv xizmati. Ya’ni xizmat veb-hosting xizmatiga nisbatan ancha tezkor, ishonarli va qulay hamda co-locaton xizmatiga o’xshash lekin virtual serverdir.

UZINFOCOMdan barqaror hosting xizmati bu:

Nazorat

Kompleks monitoring va texnik qo'llab-quvvatlash

Havfsizlik

Ma'lumotlarning axborot havfsizligini kerakli darajada ta'minlash

Xizmat ko'rsatish

Kafolatlangan darajada xizmat ko'rsatishni amalga oshirish

Ishonchlilik

Ishonchli yuqori texnologik infratuzilmaning mavjudligi

Qo'riqlash

24 soat qo'riqlash tizimi

Avtonomlik

Avtonom elektr ta'minoti tizimi

Iqlim nazorati

Avtomatlashtirilgan iqlim-nazorat tizimi

Tezlik

Yangiliklar

Co-location xizmati bo‘yicha tarif o‘zgarishi to‘g‘risida xabarnoma!

Hurmatli mijozlar!

“Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ Sizga hamkorlik va ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildirgan holda Datamarkazda uskunalarni joylashtirish (co-location) xizmatlari bo‘yicha tariflarga o‘zgartirishlar kiritilayotganini ma’lum qiladi.

Xizmatlar sifati va uzluksizligini ta’minlash, shuningdek texnik va ekspluatatsiya xarajatlarni oshishi munosabati bilan  2025-yilning 1-avgustidan boshlab quyidagi tariflar joriy etiladi:

- 1U o‘lchamdagi uskunani joylashtirish — oyiga 550 000 so‘m.

- Qo‘shimcha tarmoq portiga ulanish (100 Mbit/s) — oyiga 150 000 so‘m

- Elektr tarmog‘iga ulanish — oyiga 100 000 so‘mgacha

- Uskunani montaj qilish — 1U uchun 95 000 so‘m (bir martalik to‘lov)

Yaqin kunlarda sizning tashkilotingizga amaldagi shartnomalarga yangilangan ta’riflar va shartlarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha kelishuvlar yuboriladi. Hujjatni olganingizdan so‘ng, tanishib chiqing va zarurat tug‘ilganda shartlarni kelishish uchun mas’ul mutaxassis bilan bog‘laning.

 

Tushunganingiz va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hurmat bilan,

“Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ

Datamarkaz

16.07.2025
Elektr taʼminoti tizimida barqaror ishlash uchun profilaktika ishlari

“Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ elektr taʼminoti tizimida rejadan tashqari profilaktika va diagnostika ishlarini oʻtkazishi haqida xabar beradi. Bu chora-tadbirlar havo haroratining keskin koʻtarilishi, elektr taʼminotidagi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklar, shuningdek, joriy yilning 17-iyun kuni qayd etilgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ishlar 2025-yil 19-iyun kuni soat 00:00 dan 02:00 gacha oʻtkaziladi.

Ushbu ishlar shahar elektr uzatish liniyalari, uzluksiz elektr taʼminoti manbalari (UPS) hamda dizel-generator uskunasi ishlash rejimini taʼminlash tizimi (AVR) va uning komponentlarini tekshirishni oʻz ichiga oladi.

Shuni alohida taʼkidlamoqchimizki, barcha ishlar UZINFOCOM faoliyatida toʻxtalishlarga yoʻl qoʻymaslik va xizmatlarimizning uzluksizligini taʼminlash maqsadida rejalashtirilgan.

18.06.2025
Hurmatli abonent!

Ma’lum qilamizki, hozirgi vaqtda ns4 serveri faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Mutaxassislarimiz muammoni bartaraf etish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Tushunganingiz uchun rahmat!

18.06.2025
Hurmatli abonent!

Elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sababli xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatildi.

Ma’lum qilamizki, muammo muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Barcha xizmatlar odatdagi tartibda ishlamoqda.

 

Sabr-toqat va tushunganingiz uchun rahmat.
Hurmat bilan, texnik yordam jamoangiz.

18.06.2025
Hurmatli abonent!

Veb-xosting boshqaruv paneli dasturiy ta'minotining texnik qo‘llab-quvvatlanishi to‘xtatilishi va axborot xavfsizligining tanqidiy zaifliklari bo‘yicha tuzatishlarni olish imkoni yo‘qligi, shuningdek, Data-markaz xizmatlarini modernizatsiya qilish munosabati bilan quyidagi tarif rejalari bo‘yicha "Veb-xosting" xizmati ko‘rsatilishi to‘xtatiladi: M50, M100, M250, M500, M750, G1, G2, G3, G4.

ns[X].uzinfocom.uz veb-xosting serveri 2025-yil 1-apreldan boshlab ish faoliyatini to‘xtatadi.

06.02.2025
Hurmatli abonent!

10.01.2025 yil 10:05 dan 11:45 ga qadar TAS-IX tarmoq segmentida rajalashtirilmagan asosiy va zaxira magistral tarmoq ulanishlari almashinishi sababli UZINFOCOM Datamarkazi xizmatlari sifatida kamchiliklar kuzatilganini ma'lum qilamiz.

 

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!

10.01.2025
Barcha yangiliklar
Вверх