Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
Infratuzilmani rejali modernizatsiya qilish doirasida «Yagona integratori UZINFOCOM» MChJ 2027-yil 1-yanvardan boshlab reseller hosting xizmatini ko‘rsatish to‘xtatilishini ma’lum qiladi.
Shu munosabat bilan, mazkur xizmatdan foydalanuvchilardan 2026-yil 31-dekabrga qadar, shu kun ham kiradi, boshqaruv paneli orqali o‘z saytlari va ma’lumotlar bazalarining to‘liq zaxira nusxalarini (backup) yuklab olish va saqlashlarini so‘raymiz.
Diqqat! 2027-yil 1-yanvardan boshlab reseller hosting serverlariga va ularda joylashtirilgan ma’lumotlarga kirish to‘liq to‘xtatiladi. Yuklab olinmagan ma’lumotlar tiklash imkoniyatisiz o‘chirib tashlanadi.