“Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ elektr taʼminoti tizimida rejadan tashqari profilaktika va diagnostika ishlarini oʻtkazishi haqida xabar beradi. Bu chora-tadbirlar havo haroratining keskin koʻtarilishi, elektr taʼminotidagi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklar, shuningdek, joriy yilning 17-iyun kuni qayd etilgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ishlar 2025-yil 19-iyun kuni soat 00:00 dan 02:00 gacha oʻtkaziladi.
Ushbu ishlar shahar elektr uzatish liniyalari, uzluksiz elektr taʼminoti manbalari (UPS) hamda dizel-generator uskunasi ishlash rejimini taʼminlash tizimi (AVR) va uning komponentlarini tekshirishni oʻz ichiga oladi.
Shuni alohida taʼkidlamoqchimizki, barcha ishlar UZINFOCOM faoliyatida toʻxtalishlarga yoʻl qoʻymaslik va xizmatlarimizning uzluksizligini taʼminlash maqsadida rejalashtirilgan.