Shu yilning 1 may sanasidan UZINFOCOM Datamarkazi xizmatlari tariflariga o`zgartirishlar kiritilayotganini va xizmatlarga narxlar o`zgaryotganini ma`lum qilamiz.
Quyida keltirilgan havola orqali yangi tariflar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
http://dc.uz/frontend/web/tarifs.pdf
UZINFOCOM Markazi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar narxi elektr tashuvchi moslamalar va kommunal xizmatlar tariflari oshganligi bilan bog`liq. Ko`rsatilayotgan xizmatlar korxonaga moliyaviy tarafdan zarar keltirayotgani uchun, xizmatlar tariflari oshirilishi majburiy choradir. Shuni hisobga olish kerakki, 2015 yil may oyidan beri birinchi marta ( 2015 yil 23 yanvardagi №14-sonli buyruq) xizmatlar narxlari oshirildi, lekin shu vaqt oralig`ida elektr tashuvchi moslamalar va kommunal xizmatlar tariflari 4 marta, eng kam oylik ish haqi esa 5 marotabagacha oshirildi.
Ushbu choralar Markazimizning informatsion-kommunikatsion bozorda taqdim etilayotgan xizmatlarni raqobatbardoshligini oshirishga va mukammallashtirishga qaratilgan.
Hurmat bilan,
UZINFOCOM Markazi.