Узб Uzb Рус

Шахсий кабинет

Қўллаб-қувватлаш хизмати(+99871)202-2-202

Hurmatli abonent!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qarorining 12-bandiga binoan, barcha tashkilotlarning (ish beruvchilar) tashrif buyuruvchilari tibbiy niqobda bo'lishini, shuningdek xodimlarning tana haroratini tekshirishlari shart.

Shu munosabat bilan, abonentlar va xodimlarning sog'lig'ini himoya qilish maqsadida, "Yagona integrator UZINFOCOM" MChJ UZINFOCOM Datamarkaziga tashriflarni vaqtincha amalga oshirmaslikni tavsiya qiladi va agarda tashriflar juda zarur bo'lgan holda, quyidagi tartibga amal qilishni so'raydi:

- UZINFOCOM Datamarkaziga tashrif buyurish va texnik ishlarni amalga оshirish uchun "Yagona integrator UZINFOCOM" MChJ rahbari nomiga rasmiy xatni abonent@uzinfocom.uz elektron manziliga yuborish lozim;

- abonentlar binoga faqat belgilangan tartibda va belgilangan vaqtlarda, hamda, "Yagona integrator UZINFOCOM" MChJ ruxsati bilan kirishi mumkin (tashrif buyurish vaqtini abonentlarga xizmat ko'rsatish bo'limi bilan oldindan kelishilishi lozim);

- abonentlar binoga tibbiy niqobva qo'lqoplarda kirishi lozim, hamda ularning qurilmalari "Yagona integrator UZINFOCOM" MChJ binosiga kirishdan oldin dezinfektsiya vositalari bilan ishlov berilishi kerak;

- abonentlarning qo'llarini antiseptik bilan tozalab va tana haroratini o'lchab bo'lgandan so'ng, abonentlar binoga kiritiladi;

- binoning tashqarisida va ichida abonentlar va xodimlar o'zaro masofani saqlashlari kerak.

орқага 26.03.2020
Вверх