Узб Uzb Рус

Шахсий кабинет

Қўллаб-қувватлаш хизмати(+99871)202-2-202

Co-location xizmati bo‘yicha tarif o‘zgarishi to‘g‘risida xabarnoma!

Hurmatli mijozlar!

“Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ Sizga hamkorlik va ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildirgan holda Datamarkazda uskunalarni joylashtirish (co-location) xizmatlari bo‘yicha tariflarga o‘zgartirishlar kiritilayotganini ma’lum qiladi.

Xizmatlar sifati va uzluksizligini ta’minlash, shuningdek texnik va ekspluatatsiya xarajatlarni oshishi munosabati bilan  2025-yilning 1-avgustidan boshlab quyidagi tariflar joriy etiladi:

- 1U o‘lchamdagi uskunani joylashtirish — oyiga 550 000 so‘m.

- Qo‘shimcha tarmoq portiga ulanish (100 Mbit/s) — oyiga 150 000 so‘m

- Elektr tarmog‘iga ulanish — oyiga 100 000 so‘mgacha

- Uskunani montaj qilish — 1U uchun 95 000 so‘m (bir martalik to‘lov)

Yaqin kunlarda sizning tashkilotingizga amaldagi shartnomalarga yangilangan ta’riflar va shartlarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha kelishuvlar yuboriladi. Hujjatni olganingizdan so‘ng, tanishib chiqing va zarurat tug‘ilganda shartlarni kelishish uchun mas’ul mutaxassis bilan bog‘laning.

 

Tushunganingiz va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hurmat bilan,

“Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ

Datamarkaz

орқага 16.07.2025
Вверх